Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida musiqa fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan ertalabgi kutib olish tadbiri tashkil etildi.
🎄Tadbir davomida markazning professor-o‘qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari birgalikda bayramona kayfiyat ulashib, o‘quv jarayonini ko‘tarinki ruhda boshlashdi.
🔔Mazkur samimiy tashabbus ta’lim muhitida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, tinglovchilarning ijodiy faolligi va kasbiy motivatsiyasini oshirishga xizmat qildi.


