Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening

🤔2025-yil 16-dekabr kuni tayanch Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Metodik mahorat kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari faol ishtirok etdilar.

✍️Seminar-trening davomida ishtirokchilarga maktabgacha ta’lim jarayonida metodik ishlarni samarali tashkil etish, ta’lim faoliyatini rejalashtirishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, bolalarda ona tili va nutq rivojini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or metod va texnologiyalar bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.

✍️Tadbir davomida rahbar xodimlarning metodik bilim va ko‘nikmalarini boyitish yanada rivojlantirish, metodik jarayonlarni tizimli tashkil etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qildi.


16-12-2025, 13:53
Ko'rishlar: 17
Sahifani chop etish