Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

2025-yil 17-dekabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik doirasida markazda faoliyat olib borayotgan xorijlik ekspert tomonidan seminar tashkil etildi.

🇺🇿🤝🇷🇺O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahridagi A.I. Gersen nomidagi Davlat pedagogika universitetining yetakchi metodisti, xorijiy ekspert Starostina Katerina Sergeyevna seminar doirasida mazmunli chiqish qilib, o‘zining boy metodik tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur seminar markazning professor-o‘qituvchilari hamda fan metodistlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metodik yondashuvlar hamda xalqaro ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


17-12-2025, 15:56
Ko'rishlar: 30
Sahifani chop etish