Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Pedagogik mahorat markazida 2025-yil davomida faoliyat olib borgan markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy maslahatchi Solomons Donovan Benedict rahbarligida “Professorlar - jamiyatda ibratli shaxs sifatida” mavzusida yakuniy seminar tashkil etildi.

✍️Mazkur seminar professor-o‘qituvchilarning jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy mas’uliyati, akademik va kasbiy etika, yetakchilik fazilatlari hamda yosh avlodga shaxsiy namuna bo‘lish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida zamonaviy ta’lim jarayonida professor shaxsining o‘rni, pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida amaliy tavsiyalar muhokama qilindi.

Seminarda professor-o‘qituvchilar, fan metodistlari hamda tegishli bo‘lim vakillari faol ishtirok etdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashish, savol-javoblar va muhokamalar o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


23-12-2025, 15:44
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish