Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil taqdimot qilindi.
✍️Yig‘ilish davomida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan Markaz faoliyatining joriy holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Ta’lim jarayonini va sifatini rivojlantirish, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirish hamda boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, kelgusi faoliyat uchun muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.
🎄Yig‘ilish yakunida markaz direktori jamoani Yangi yil munosabati bilan tabriklab, kelgusi yilda belgilangan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda barchaga samarali faoliyat, mustahkam sog‘lik va yuksak natijalar tiladi.


