Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Seminar-trening mashg‘ulotlari markaz metodistlari tomonidan olib borildi. Unda mentor-o‘qituvchilarning faoliyatini takomillashtirish, ularni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonida natijadorlikni oshirishda mentorlik faoliyatining muhim ahamiyati ta’kidlandi.

✅Mashg‘ulotlar davomida mentor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash, ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Dars jarayonlarini mazmun va natijaga yo‘naltirilgan tarzda loyihalash, o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy usullaridan foydalanish hamda ularning mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✅Seminar-treninglar interaktiv formatda o‘tkazilib, guruhli ishlar, tajriba almashish va amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

✉️Mazkur tadbir mentor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, uning hududlarda mentorlik faoliyatini rivojlantirish, pedagoglar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.


8-01-2026, 16:01
Ko'rishlar: 12
Sahifani chop etish