2026-yil 12-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi "Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi" Ona tili va adabiyoti fani kurs tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darsini tashkil etdi.
✍️Mashg‘ulot doirasida markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, xorijiy ekspert Solomons Donovan Benedict tomonidan “Insho yozish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
✍️Mashg‘ulot davomida o‘qituvchining nutq madaniyati, pedagogik etikasi, kommunikativ ko‘nikmalari va muomala madaniyati tahlil qilindi. Tinglovchilar amaliy mashg‘ulotlar orqali yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash va dars jarayonida samarali pedagogik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar oldi.


