Joriy yilning 13-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari boshlandi.
✍️Trening PIRLS tadqiqoti natijalari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga tayangan holda, o‘quvchilarda matnni ongli o‘qish va mazmunini chuqur anglash malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanmoqda.
✍️Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar PIRLS tadqiqotining maqsadi va ahamiyati, o‘qish savodxonligining nazariy-amaliy asoslari, shuningdek, dalillarga asoslangan didaktik tamoyillar bilan tanishmoqdalar. Dars jarayonida bosma va raqamli matnlarni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali usullar tahlil qilinmoqda.
🤔Mazkur trening pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or amaliy tajribalarni joriy etish hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini tizimli ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
✅Eslatib o'tamiz trening 15-yanvarga qadar davom qiladi.




