Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

✍️Trening PIRLS tadqiqoti natijalari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga tayangan holda tashkil etilib, o‘quvchilarda matnni ongli o‘qish, mazmunini tahlil qilish va chuqur anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Mashg‘ulotlar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashqlar orqali boyitilib, ta’lim jarayoniga samarali metodlarni joriy etishga xizmat qilmoqda.

✍️Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar PIRLS tadqiqotining maqsad va ahamiyati, o‘qish savodxonligining nazariy-amaliy asoslari hamda bosma va raqamli matnlarni o‘qib tushunishga qaratilgan samarali yondashuvlar bilan tanishmoqdalar.

✨Ma’lumot uchun: trening mashg‘ulotlari 15-yanvarga qadar davom etadi.


15-01-2026, 16:38
Ko'rishlar: 36
Sahifani chop etish