Jumladan, Karimov Farhod ustoz “Modelning o‘ziga qarab uning uchta ko‘rinishini chizish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazib, modellarni tahlil qilish, asosiy ko‘rinishlarini aniqlash hamda ularni chizmachilik qoidalariga muvofiq to‘g‘ri tasvirlash bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar bilan birgalikda amaliy misollar yechildi va chizmalar ustida ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.
✍️Shuningdek, Narziyev Po‘lat ustoz tomonidan “Chizmachilik fanida o‘tiladigan detallarni yasash usullari” mavzusida o‘tkazilgan master-klass katta qiziqish bilan o‘tdi. Ustoz mashg‘ulot jarayonida turli xil detallar namunalari asosida ularni yasash usullarini amaliy tarzda ko‘rsatib berdi. Detallarning o‘lchamlarini aniqlash, shaklini to‘g‘ri berish, chizmadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlar ketma-ket tushuntirildi.
✍Tinglovchilar ushbu jarayonda bevosita ishtirok etib, o‘z savollariga batafsil javoblar oldilar.



