Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Joriy yilning 21-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri, tajribali mutaxassis Sherzod Kenjayev  boshchiligida tashkil etilgan “Texnologiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan qo‘lda tayyorlangan badiiy buyumlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

🔹Ko‘rgazmada tinglovchilarning ijodkorligi, milliy va zamonaviy dizayn uyg‘unligi, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi. Mazkur tadbir o‘qituvchilarning texnologiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qildi.

✨ Barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida ijodiy yutuqlar tilaymiz!
Mazkur ko‘rgazma markaz professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, yuqori baholandi.


21-01-2026, 14:45
Ko'rishlar: 20
Sahifani chop etish