2026-yil yanvar oyida Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslari yakunlandi.
✍️Hozirda tinglovchilar yakuniy attestatsiya bosqichida bo‘lib, mikrodars taqdimotlarini o‘tkazib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z pedagogik mahoratlarini namoyish qilmoqdalar.
🌐Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy metodikalar, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘qitish texnologiyalari bilan tanishib, kasbiy salohiyatini izchil rivojlantirib bormoqdalar.
🎓 Tadbir davomida Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich pedagogik jarayonlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, ularning samarali tashkil etilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tinglovchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.


