Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu kurslar o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish, amaliy tajribalarini boyitish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni samarali tatbiq etishga yo‘naltirildi.
✅Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar ilg‘or o‘qitish usullari, innovatsion texnologiyalar hamda interaktiv metodlar asosida bilimlarini mustahkamlab, mikrodarslar orqali o‘z pedagogik mahoratlarini amaliy jihatdan namoyish etdilar.
↪️Ushbu mashg‘ulotlar orqali pedagoglar o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


