Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida yanvar oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi.
🤔Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar ilg‘or pedagogik tajribalar, interaktiv metodlar va innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishib, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirdilar.
🤔So‘nggi bosqichda tinglovchilar uchun test sinovlari o‘tkazilib, kurs davomida o‘zlashtirilgan bilimlarning samaradorligi baholandi.

