Joriy yilning 30-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Fanlar akademiyasining qo‘shma qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika insholar tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✨Mazkur tanlov buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etish, uni chuqur o‘rganish va yosh avlod ongiga singdirish, shuningdek, o‘quvchi yoshlarning ijodiy tafakkuri, mustaqil fikrlash qobiliyati va faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar Navoiy asarlaridagi yuksak ma’naviy g‘oyalarni tahlil qilib, o‘z ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar.
✍️Ushbu tanlov yosh havaskor ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
🤔Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi B. Tillayev hamda Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich tomonidan faxriy yorliqlar, diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


