Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida fevral oyida yangi tizim asosida malaka oshirish kurslari davom etmoqda. Mashg‘ulotlar markazning professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar asosida olib borilmoqda.
🤔Tinglovchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va amaliy yondashuvlarni egallash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.
✍️Kurslarning maqsadi – pedagoglarga zamonaviy ta’lim usullarini egallash, amaliy ko‘nikmalarini oshirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha malaka berishdir.


