Mazkur tadbir "Tillarni o‘qitish metodikasi" kafedrasi hamda "Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikalari" kafedrasi tashabbusi bilan, kurs tinglovchilari ishtirokida tashkil etildi. Tadbir doirasida mumtoz adabiyot namunalari asosida tayyorlangan badiiy chiqishlar, g‘azal va ruboiylardan parchalar hamda ma’naviy-ma’rifiy kompozitsiyalar namoyish etildi.
✍️Tadbirni markazimiz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, faxriy professor Solayev Jasurbek Komilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u buyuk mutafakkirlar merosining bugungi avlod tarbiyasidagi o‘rni, yoshlarni milliy qadriyatlar va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
✍️Tadbir davomida Hazrati Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy adabiy merosi, ularning insonparvarlik, vatanparvarlik va komillikka chorlovchi g‘oyalari haqida so‘z yuritildi. Kurs tinglovchilari tomonidan ijodiy chiqishlar katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi.
🤔Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir tinglovchilarda mumtoz adabiyotga hurmat va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


