✅2026-yil 17-fevral kuni Tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Metodik mahorat kuni” doirasida navbatdagi amaliy seminar-trening yuqori tashkiliy va metodik saviyada o‘tkazildi. Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari faol ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🤔Seminar-trening davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish omillari hamda bolaning mustaqil fikrlashi va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda estetik ta’limning o‘rni yuzasidan aniq amaliy tavsiyalar berildi.
✍️Shuningdek, mashg‘ulotlar interaktiv usullar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar real vaziyatlar tahlili, guruhli ishlanmalar va muhokamalar orqali o‘z kasbiy kompetensiyalarini yanada boyitdilar.
🔘Pedagogik mahorat markazi maktabgacha ta’lim metodisti, master-trener Xasanova Shaxnoza hamda maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Masharipova Sadoqat o‘zlarining ilg‘or tajribalari, samarali amaliy ishlanmalari va metodik tavsiyalari bilan o‘rtoqlashib, seminar mazmunini yanada boyitdilar.


