Joriy yilning 17-fevral kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi sport zalida Boshlang‘ich ta’lim maxsus metodika kafedrasi tinglovchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
💱 Musobaqada 5 ta guruh ishtirok etdi va ular 6 ta qiziqarli shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
✅Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib, barcha tinglovchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
🥇Musobaqa yakunida Lochin jamoasi faxriy 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va g‘olib jamoa diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


