🤔Joriy yilning 18-fevral kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Ayollarni psixologik salomatligini saqlash omillari” mavzusida seminar-trening yuqori saviyada tashkil etildi.
✍️Mazkur tadbir markaz Xotin-qizlar kengashi raisi Jumaniyozova Tutijon hamda “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari — Xudoyberganova Sharofat va Abdullayeva Nasiba tomonidan olib borildi.
✍️Seminar-treningning asosiy maqsadi ayollarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, stress va emotsional zo‘riqishlarning oldini olish, shuningdek, oilaviy hamda kasbiy faoliyatda psixologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni yetkazishdan iborat bo‘ldi.
✅Tadbir davomida psixologik salomatlikka ta’sir etuvchi omillar, stressni samarali boshqarish mexanizmlari, emotsional charchashning oldini olish usullari hamda o‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlash kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari atroflicha yoritildi. Mashg‘ulot interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va amaliy mashqlar olib borildi.


