✅2026-yil 20-fevral kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi kurs tinglovchilari o‘rtasida “Ta’lim, tafakkur va taraqqiyot” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
✍️Tadbirni markazning Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yulduzxon Saparbayevna ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tiladi. O‘z nutqida u intellektual o‘yinlarning pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
✍️Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuv davomida tinglovchilar o‘z bilim, tafakkur va jamoaviy hamkorlik salohiyatini namoyon etdilar. Savollarning dolzarbligi va mazmunan boyligi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🏆 Yakunda faol va yuqori natija ko‘rsatgan tinglovchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, mazkur intellektual tadbir ularning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish hamda ijodiy-intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.


