Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida fevral oyida pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.Mazkur kurslar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy tajribalarini boyitish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni samarali joriy etishga qaratildi.

✅Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar ilg‘or o‘qitish metodlari, innovatsion texnologiyalar va interaktiv yondashuvlar asosida bilimlarini mustahkamlab, mikrodarslar orqali o‘z pedagogik mahoratlarini amaliy jihatdan namoyon etdilar.

✍️Mikrodars mashg‘ulotlari jarayoni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich tomonidan bevosita kuzatildi. U o‘z nutqida ta’lim tizimida innovatsion yondashuv va zamonaviy metodlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, tinglovchilarga kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida yuksak natijalar, izlanish va muvaffaqiyatlar tiladi.

↪️Mazkur malaka oshirish kurslari pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda samarali faoliyat yuritishlari uchun mustahkam zamin yaratdi.


23-02-2026, 17:11
Ko'rishlar: 15
Sahifani chop etish