Bugungi kunda ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, zamonaviy metod va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qator mahorat darslari tashkil etildi.
🤔Mazkur mahorat darslari davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda kreativ yondashuv asosida darslarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
✍️Ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda markazning maktabgacha ta’lim tarbiyachilari guruhi uchun o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar alohida ahamiyat kasb etdi. Mashg‘ulotlar davomida bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, rivojlantiruvchi o‘yinlar va didaktik materiallardan samarali foydalanish usullari ko‘rsatib berildi.
✨Bunday mahorat darslari pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda kelajak avlodni yetuk, bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.


