Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


🌹Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

✍️Ayni paytda Fransiyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etib turgan markaz rahbari Salayev Jasurbek Komilovich Zoom platformasi orqali samimiy bayram tabrigini yo‘lladi. U o‘z tabrigida ayollarning jamiyatdagi beqiyos o‘rni, ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati hamda markaz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi va sovg‘alar ham topshirildi.

💐Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Сегодня, 12:10
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish