Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


Bugungi kunda ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, zamonaviy metod va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qator mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur mahorat darslari davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda kreativ yondashuv asosida darslarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida professor-o‘qituvchilar va fan metodistlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda samarali o‘qitish usullarini amaliy misollar asosida namoyish etdilar.

Mazkur mahorat darslari pedagoglar faoliyatida ilg‘or tajribalarni keng joriy etish va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.


10-03-2026, 12:40
Ko'rishlar: 24
Sahifani chop etish