Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


🤔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Aniq va tabiiy fanlar” metodikasi kafedrasi tajribali AKT o‘qituvchisi Iskandarov Ko‘palboy Abdullayevich tomonidan Informatika guruhida mahorat darsi tashkil qilindi.

✍️Mashg‘ulot davomida Meta Quest VR Headset VR ko‘zoynaklaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, darslarni yanada qiziqarli va interaktiv tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🕶 Shuningdek, VR texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitlar namoyish etilib, murakkab mavzularni ko‘rgazmali tarzda tushuntirish hamda o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashda ushbu texnologiyaning ahamiyati amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.

💬Mahorat darsi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


12-03-2026, 15:46
Ko'rishlar: 20
Sahifani chop etish