✍️Mashg‘ulotlar rahbari — “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri professor, filologiya fanlari doktori Sabirova Nasiba Ergashevna boshchiligida tashkil etilgan ushbu amaliy tashrif davomida tinglovchilar maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Axborot-resurs markazi (ARM), qulay va shinam yotoqxona, zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari, sport zal hamda ilg‘or laboratoriyalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ta’lim jarayonining samarali va tizimli yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirof etildi.
✍️Mazkur ko‘chma mashg‘ulot ta’lim sifatini oshirish, kasbiy mahoratni yuksaltirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

