✅2026-yil 19-mart kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi hamda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi hamkorligida Ona tili va Adabiyot fani malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
✍️Mashg‘ulotni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, xorijiy ekspert Solomons Donovan Benedict olib bordi. Seminar-trening zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tashkil etildi.
🤔Mashg‘ulot davomida tinglovchilar interfaol usullar, jamoaviy ishlash texnikalari va amaliy vaziyatli topshiriqlar orqali pedagogik salohiyatini oshirish va metodik bilimlarini boyitdilar.
📌Mahorat darsi tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, o‘zaro fikr almashish va tajriba almashish muhitida yuqori saviyada o‘tdi.

