🌷Bahor ayyomining go‘zal bayrami – Navro‘z Pedagogik mahorat markazida yuqori saviyada o‘tkazildi. “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, fransuz tili fani o‘qituvchisi, Sobirov Qahramon Salayevich tadbirni ochib berdi va tinglovchilarga bayram tabrigini yo‘lladi.
🍀Tadbir markazning Fransuz tili fani kursi tinglovchilari kursida bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilar milliy qo‘shiqlar, raqslar va madaniy chiqishlar orqali Navro‘z ruhini namoyon etdilar. Bayram iliq, quvnoq va samimiy muhitda o‘tdi, ishtirokchilarda bahorning shodligi va quvonch kayfiyati uyg‘otildi.
🌸Ushbu bayram tinglovchilarda bir-biriga yaqinlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini kuchaytirdi.


