Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

🤔Mazkur seminar Xiva shahrida joylashgan “Erkin Palace” mehmonxonasida o‘tkazilib, unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan yoritilmoqda.

✍️Seminarda O‘zbekiston, ta’limda baholash bo‘yicha milliy konsultant Feruza Tursunova hamda Pedagogik mahorat markazi rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy-amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

✍️Seminar trenerlari sifatida Pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Vaisova Gulnoza Kuzibayevna, markazning tajribali matematika fani metodisti Xolbayeva Salima Marimboyevna hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazidan Abdikadir Bayniyazov faol ishtirok etmoqda.

🤔Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 16 nafar mentor o‘qituvchi hamda Xorazm viloyatidan 12 nafar mentor – matematika, ona tili va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari o‘qituvchilari qatnashib, o‘zaro tajriba almashish, baholash tizimini takomillashtirish hamda ilg‘or metodikalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirmoqdalar.


24-03-2026, 11:55
Ko'rishlar: 17
Sahifani chop etish