Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


🤔Bugun texnologiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan badiiy buyumlar ko‘rgazmasi yuqori saviyada tashkil etildi.

🎗Ko‘rgazmada ishtirok etgan ishlar orqali o‘qituvchilarning ijodkorligi, kasbiy mahorati va zamonaviy yondashuvlari yaqqol namoyon bo‘ldi. Har bir namuna o‘ziga xos g‘oya, nozik did hamda puxta mehnat mahsuli sifatida alohida e’tirof etildi.

✍️ Mazkur ko‘rgazma nafaqat ijodiy ishlanmalarni namoyish etish, balki tajriba almashish, yangi g‘oyalar bilan boyish va ilhom olish maydoniga aylandi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

✨ Ijod davom etadi — natijalar esa yanada yuksaladi!


26-03-2026, 09:27
Ko'rishlar: 36
Sahifani chop etish