Avval xabar berganimizdek
🇺🇿🤝🇩🇪O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Germaniyaning telc gGmbH ta’lim tashkiloti hamda “Profi Deutsch” nodavlat ta’lim tashkiloti hamkorligida nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish treningiga start berilgan edi.
🤔Loyiha doirasida saralangan o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda raqamli ta’lim vositalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda. Treningning oflayn bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi
✨Ushbu treningda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi tajribali nemis va fransuz tillari metodisti Surayyo Ibadullayeva faol ishtirok etib, o‘z kasbiy tajribasi va malakasini yanada boyitib, muvaffaqiyatli tarzda tamomlab qaytdi.
✍️Mazkur loyiha o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Trening onlayn bosqichi esa 30-martdan 3-aprelga qadar bo'lib o'tadi.

