Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


🔹Bugun, 6-aprel kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Boshlang‘ich ta’lim kursi tinglovchilari ishtirokida interfaol mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur dars markazimizning “Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri, tajribali pedagog Qo‘chqorova Nurxon Ulug‘bekovna tomonidan olib borildi.

🔹Dars jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish usullari amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi. Tinglovchilar faol ishtirok etib, o‘zaro fikr almashish, muammoli vaziyatlarni hal etish va kreativ yondashuvlarni qo‘llash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.

🔹Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirib, dars samaradorligini oshirish va zamonaviy metodlarni qo‘llashda muhim o‘rin tutdi.


6-04-2026, 14:14
Ko'rishlar: 19
Sahifani chop etish