🇺🇿🤝🇹🇷O'zbekiston Turkiya hamkorligi sari muhim qadam!
✅ Ayni damda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich xalqaro hamkorliklarni yanada kengaytirish maqsadida xizmat safari bilan Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida,nufuzli xalqaro tadbir -
EURIE – Eurasia Higher Education Summit da ishtirok etmoqda.
😎Ushbu yirik anjumanda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
😎 Sammitda Turkiya Oliy ta’lim kengashi (CoHE) prezidenti, professor Erol Özvar boshchiligida ko‘plab yetakchi mutaxassislar, universitet rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
✨ Ushbu xizmat safari Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
😎Xalqaro maydonda faol ishtirok - rivojlanish va taraqqiyot garovi!

