🤔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovichning Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida amalga oshirayotgan xizmat safari ikkinchi kunida ham sermazmun va samarali davom etmoqda.
🌍 EURIE – Eurasia Higher Education Summit doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar keng qamrovli mavzularni o‘z ichiga olib, unda xalqaro ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda.
🔵Jumladan, konferensiyaning ushbu kunida:
⭐xalqaro hamkorlik va strategik sheriklikni rivojlantirish;
⭐ talabalar mobilligini oshirish hamda ilg‘or global tajribalarni joriy etish;
⭐zamonaviy ta’lim yondashuvlari va innovatsion loyihalarni rivojlantirish;
⭐ oliy ta’limda global reytinglar va ularning amaliy ahamiyati
kabi muhim yo‘nalishlarda panel muhokamalari va sessiyalar tashkil etildi.
🔘 Shuningdek, xalqaro ekspertlar, yetakchi universitetlar rahbarlari hamda ta’lim sohasi mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashish, yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan samarali muloqotlar olib borildi.

