✅Tadbir davomida muallif tomonidan asarning yaratilish tarixi, unda yoritilgan muhim tarixiy voqealar hamda asarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Tinglovchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va muallif tomonidan ularga samimiy hamda atroflicha javoblar berildi.
↪️Mazkur qissa o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Asarda tarixiy haqiqat va badiiy tasvir uyg‘unligi yuksak darajada aks ettirilgan.
😎Taqdimotda professor-o‘qituvchilar, markaz tinglovchilari hamda adabiyot ixlosmandlari faol qatnashib, tadbir mazmunan boy va yuqori saviyada tashkil etildi.
✨Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, unutilmas taassurotlar qoldirdi.



