Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅Bugun markazda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan muhim mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda Ogahiy ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Hafiza Karimova tomonidan “Ta’lim jarayonida 4K yondashuviga oid metodlardan foydalanishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni” mavzusida interaktiv mashg‘ulot olib borildi.

↪️Mashg‘ulot davomida 4K kompetensiyalari - tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metod va yondashuvlar amaliy misollar asosida yoritildi.

✅Tinglovchilar jarayonda faol ishtirok etib, ilg‘or metodlarni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur mahorat darsi ona tili va adabiyoti yo‘nalishidagi oliy hamda birinchi toifali pedagoglar uchun samarali tajriba almashuv muhiti bo‘lib xizmat qildi.


10-04-2026, 16:24
Ko'rishlar: 22
Sahifani chop etish