✅2026-yil 13-aprel kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Mistake and Mindset” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
↪️Mazkur mashg‘ulot markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, xorijiy ekspert Solomons Donovan Benedict tomonidan olib borildi.
✨ Dars davomida tinglovchilarga xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, o‘sish tafakkurini shakllantirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida samarali ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

