↪️ “Mehrinur konsalting-servis” xususiy firmasi rahbari, konsultant-trener va yozuvchi Shavkat Razzaqov ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhi tinglovchilari uchun “Oila psixologiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
💬 Tadbir davomida oiladagi sog‘lom muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasida psixologik yondashuvlar hamda zamonaviy kommunikatsiya usullarining ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
↪️ Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olib, amaliy tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

