✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi
↪️ “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha 1-guruh malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
😎 Mashg‘ulot Xiva shahridagi Ma’mun akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda tinglovchilar akademiya faoliyati, boy ilmiy merosi hamda tarixiy manbalari bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Mashg‘ulot davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, tarixiy-madaniy obyektlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

