Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida hamkorlarimiz bilan birgalikda maktablarda iqlim ta'limini joriy etishga qaratilgan 3 kunlik Trenerlar tayyorlash (ToT) seminar-treningiga start berdik! 

↪️ Ushbu muhim loyihaga mezbonlik qilishdan hamda ustozlarimiz malakasini oshirishga o'z hissamizni qo'shayotganimizdan mamnunmiz. Master-trenerlarni aynan bizning markazda tayyorlash orqali butun O'zbekiston bo'ylab 50 000 nafar o'qituvchi va 1,3 milliondan ortiq o'quvchilarni qamrab oladigan kaskadli o'qitish tizimini yo'lga qo'ymoqdamiz! 

🤔Maqsadimiz bitta — kelajak avlodni barqaror ertangi kun uchun zarur bo'lgan "yashil" ko'nikmalar bilan qurollantirish va o'qituvchilarimizga bu borada eng ilg'or bilimlarni berish. Barcha ishtirokchi ustozlarimizga omad tilaymiz!

🤝 Ushbu tashabbus Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, BMTTD, "Zamin" xalqaro jamoat fondi va "Ta'lim hamma narsadan ustun" jamg'armasi bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshirilmoqda.


16-04-2026, 16:52
Ko'rishlar: 15
Sahifani chop etish