Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan uch kunlik trening muvaffaqiyatli yakunlandi.
✅ Trening yakuniy bosqichida markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich so‘zga chiqib, ishtirokchilarga iliq tilaklarini yo‘lladi hamda ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
😎 Shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sharipov Shuhrotbek Azizullayevich ham tadbirda ishtirok etib, treningning ahamiyati va natijadorligi haqida o‘zining ijobiy fikrlarini bildirdi.
🎓 Treningda ishtirok etgan barcha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

