Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

“Ishonch-2030” loyihasi doirasidagi ikki kunlik seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi!

✅ Bugungi kunda ta’lim va pedagogika sohasida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda 2026-yil 30-aprel hamda 1-may kunlari YUNISEF tashkiloti Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan ikki kunlik seminar-trening bugun o‘z yakuniga yetdi.

✅Mazkur seminar maktab rahbarlari, o‘qituvchilar va hududiy metodistlar uchun tashkil etilib, ishtirokchilar raqamli pedagogika, interaktiv platformalar hamda sun’iy intellekt vositalari yordamida dars materiallari yaratish va maktablarda texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

🤔 Seminar davomida ishtirokchilar:
 😎 Raqamli pedagogikani rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi;
 😎 Sun’iy intellekt vositalari, raqamli platformalar va zamonaviy texnologiyalar asosida dars o‘tish hamda kontent yaratishning yangi usullarini o‘rgandilar;
 😎 Maktablarda mobil kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

↪️Mashg‘ulotlar YUNISEFning xalqaro eksperti Suzanna Burger xonim tomonidan yuqori saviyada olib borildi.

⭐ Tadbirda viloyatdagi 4 ta umumta’lim maktabidan 17 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan jami 21 nafar maktab direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va fan o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. 


3-05-2026, 11:13
Ko'rishlar: 13
Sahifani chop etish