Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida xorijiy tillar yo‘nalishi metodistlari tomonidan ingliz, rus va fransuz tili kurs tinglovchilari uchun mazmunli seminar-trening o‘tkazildi.
🔸Seminar-trening davomida PISA xalqaro baholash dasturining natijalari, ushbu tadqiqotning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati hamda yuqori natijalarga erishish yo‘llari keng muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, darslarni samarali, interfaol va qiziqarli tashkil etishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik metodlar namoyish etildi. Trening jarayonida ishtirokchilar innovatsion usullar bilan tanishib, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha foydali tajriba orttirdilar.
✨ Mazkur seminar-trening xorijiy tillar metodistlari - Z. Sultanova, Sh. Sharipova hamda S. Ibadullayeva tomonidan olib borildi.


