🔹 Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Texnologiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo‘lishdi.
🔸Tashrif davomida tinglovchilar maktabning robototexnika fani o‘quv xonasi, zamonaviy jihozlari hamda yaratilgan amaliy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔹Shuningdek, ijod maktabining robototexnika fani o‘qituvchisi Botirov Doston tomonidan kurs tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar katta qiziqish bilan qatnashib, maktab dasturi asosida amaliy topshiriqlarni bajarishdi.
✨Bunday ko‘chma mashg‘ulotlar tinglovchilarning amaliy ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, zamonaviy pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish hamda innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga xizmat qiladi.


