🔂Bugungi kunda atrof-muhitni asrash, havoni musaffo saqlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish har birimizning dolzarb vazifamizdir. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” tashabbusi tobora keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.
🚎 Jamoat transporti — qulay, tejamkor va ekologik toza tanlovdir.
Ushbu tashabbus:
🔂 tirbandliklarni kamaytiradi,
🔂 atmosfera havosi musaffoligini saqlaydi,
🔂 sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi,
🔂 ekologik mas’uliyatni oshiradi.
🤔 Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich, Maktabgacha ta’lim muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sattarov Allabergan, Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Farruh Jumaniyozov hamda markazning boshqa xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
🌞 ☘️ Tabiatni asrash — kelajak avlod oldidagi burchimiz!


