📚 Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari (yetakchi pedagoglari) uchun “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amaliyotga keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan qisqa muddatli o‘quv kurslari davom etmoqda.
✅ Kurslar davomida ishtirokchilar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining mazmun-mohiyati, uni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
✅ O‘quv mashg‘ulotlari tajribali trenerlar tomonidan interaktiv usullar asosida tashkil etilib, tinglovchilarning pedagogik mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llash hamda kasbiy faoliyat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.


