Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅ Bugun, 6-iyun kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi, Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda BZT Turon akademiyasi hamkorligida “Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida raqamli pedagogika: zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya an’anaviy va onlayn formatlarda bo‘lib o‘tdi.

🤔 Konferensiyada Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalaridan tashrif buyurgan, professor-o‘qituvchilar, ta’lim sohasi mutaxassislari va amaliyotchi pedagoglar ishtirok etdilar.

🤔 Tadbir davomida raqamli pedagogikaning dolzarb masalalari, ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, fikr-mulohazalar almashildi.

✅  Konferensiya yakunida bildirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


6-06-2026, 23:56
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish