✅ Joriy yilning 6-iyun kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi, Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda BZT Turon akademiyasi hamkorligida “Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida raqamli pedagogika: zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya an’anaviy va onlayn formatlarda bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishlari sho‘balar kesimida davom ettirilib, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalar va takliflar keng muhokama qilindi. Sho‘ba yig‘ilishlarida ta’lim tizimida raqamli pedagogikani rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Tadbir yakunida konferensiya faoliyatida munosib ishtirok etgan ma’ruzachilar va qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
📄 Sertifikatlar Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting



