Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.

Memorandum Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich hamda Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Kalmuratov Timur Nagmetullayevich tomonidan imzolandi.
Shuningdek, tashrif dasturi doirasida mehmonlar Xiva shahridagi tarixiy-madaniy maskanlarni ziyorat qilib, Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi faoliyati, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda markaz muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur hamkorlik pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish va ommalashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida o‘quv-metodik materiallarni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish, seminar-treninglar, konferensiyalar va vebinarlarni tashkil etish, shuningdek, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.


26-06-2026, 15:08
Ko'rishlar: 14
Sahifani chop etish